Islom Karimov shoh ko'chasi, 49

dgeconomy@tsue.uz

kafedrasi

7 Xabar
0 Izohlar

Ijtimoiy tarmoqlarda raqamli izlar

2021 yil 30 noyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi hamda Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining Oliy menejment fakulteti bilan hamkorligida “Ijtimoiy tarmoqlarda raqamli izlar: muammodan yechimgacha” mavzusida ijtimoiy yo‘naltirilgan xalqaro davra suhbati tashkil etildi. Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti virtual maydonchasida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Italiya, Isroil, Latviya, Paragvay, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Chili kabi davlatlar vakillari qatnashdi. Tadbirda psixologlar, siyosatchilar, siyosatshunoslar, sotsiologlar, faylasuflar, iqtisodchilar, axborot texnologiyalari vakillari, huquqshunoslar, yirik xorijiy kompaniyalar rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalar hamjamiyatining vakillari ishtirok etishdi. Davra suhbatida kafedra dotsenti Sh. Xashimxodjayev mamlakatimizda axborot xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar, yoshlar hayotida ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

TDIU Akademik litseyining AF-01 va AF-02 guruh o‘quvchilarining “Informatika” fani darsi

2021 yil 30 noyabr kuni TDIU Akademik litseyining AF-01 va AF-02 guruh o‘quvchilarining “Informatika” fani darsi TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi qoshida...

«Rektor kubogi» musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

2021 yil 24-25 senyatbr kunlari o‘tkazilgan universitet va litsey professor-o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida sportning Voleybol turi bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi yakuniga yetdi. Musoboqa juda qizg‘in,...

2021 yil 29 sentabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi jamoasi IT Parkga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad kafedra va IT PARK o‘rtasida o‘zaro innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Uchrashuv davomida IT PARK mutaxassislari tomonidan Raqamli iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun...

«Students Cup 2021» tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi!

“Students Cup 2021” tanlovi - IT Park, IT Akademiyasi va Dubay Future Foundation hamkorligida Respublika bo'ylab 20ta universitet talabalari o`rtasida sovrin jamg'armasi 20.000 dollar...

TDIU stajor-tadqiqotchisi Homidov Hamdam Hasan o’g’li “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sovrindori bo’ldi.

 Joriy yil respublika miqqiyosida 515 ta loyihalar ko'rib chiqilgan bo'lib, yakunida Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar “Innovatsion...

Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasida 1-kursdan 4-kursgacha o’tilayotgan barcha fanlarning mobil ilovalari ishlab chiqiladi.

Mobil darsliklar - ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida oquv shartsharoitlari va oqituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, oquvchidan koproq mustaqil ravishda shugullanishni...