2022 yil 31 mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot fakulteti hamda Korporativ boshqaruv fakulteti hamkorligida TDIU huzuridagi “Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi”ning Axborot texnologiyalari yо‘nalishi talabalari uchun ochiq eshiklar kuni doirasida “Students coaching” treningi tashkil etildi.

Mehmonlarni kutib olgan Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri M.Abdullayev hamda Korporativ boshqaruv fakulteti dekani muovini SH.Yegamberdiyevlar universitet о‘quv binolari, о‘quv laboratoriya xonalari hamda talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirishdi.

Shundan sо‘ng Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi qoshidagi Microsoft laboratoriyasida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Ushbu laboratoriyada kafedra kata о‘qituvchisi sun’iy intellekt bо‘yicha mutaxassis Botir Karimov tomonidan “Suniy intellekt” yо‘nalishi doirasida master-klass va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Master-klassdan sо‘ng trening ishtirokchilari universitet madaniyat saroyida tashkil etilgan “Yoshlar festivali”ga tashrif buyurdilar. Festival doirasida tashkil etilgan konsert va ijodiy chiqishlardan bahramand bо‘lishdi.

Tushlikdan sо‘ng Microsoft laboratoriyasida texnikumning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan robototexnikaga oid ishlanmalari taqdimoti о‘tkazildi. Taqdimotda Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani I.Alimardonov ham ishtirok etdi va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ishlanmalar, ular tomonidan amalga oshirilayotgan boshqa loyihalari bо‘yicha о‘zining iliq fikrlari bilan о‘rtoqlashdi.

Shundan sо‘ng Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri M.Abdullayev hamda dotsent B.Vafoyev kafedra professor о‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda iqtidorli talabalari tomonidan bugungi kunga qadar yaratilgan hamda amaliyotga joriy etilgan ishlanmalar bilan о‘rtoqlashishdi.

Trening yakunida barcha ishtirokchilar Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani I.Alimardonov va mas’ullar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar. Ushbu amaliy safar yakunida mehmonlar yetakchisi Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi direktor о‘rinbosari I.Atabekov tomonidan uyushtirilgan ushbu amaliy tashrif tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdi va bunday amaliy tashriflarni kо‘p marotaba tashkil etishga kelishib olindi.